Har kim hissa qoʻsha oladigan
ochiq ensiklopediya
Vikipediyaga xush kelibsiz!

Maqola yarating

   

Maqolalar

   

Qidir

   

Forum

   

Yordam


   
   
  Bugungi tanlangan maqola

Usmonlilar imperiyasidagi yahudiylar tarixi — Usmonlilar imperiyasida istiqomat qilgan yahudiy xalqlarining tarixi. Tarix bilan yaqindan qiziqmaydigan odamlar koʻpincha ikkita notoʻgʻri fikr bilan kifoyatlanadilar: Birinchi fikrga koʻra, yahudiylar Turkiyaga 1492-yilda surgun qilinganlar. Ikkinchi fikrga koʻra esa turklar va yahudiylarning birinchi aloqasi 1453-yilda, Istanbul fathidan keyin amalga oshirilgan. Vizantiya imperiyasidagi yahudiylar tarixiga qaraydigan boʻlsak, yahudiylar miloddan avvalgi 4-asrda Onadoʻli hududiga kirib kelganlar, Usmonlilarning beylik davridan to imperiyaning qulashiga qadar va hatto imperiyadan keyingi Turkiya Respublikasi davrida ham ushbu hududlarda istiqomat qilishgan. Usmonlilar imperiyasining yuksalish davri 15-16-asrlar yahudiylarning oltin davri boʻlgan. Usmonlilar davlatiga ilk bosmaxonani olib kelgan yahudiylar davlat ishlarida ham faol qatnashgan va katta lavozimlarni egallashgan. 17-asrga toʻgʻri kelgan Usmonlilar imperiyasining turgʻunlik davrida Usmonli yahudiylari madaniy va iqtisodiy inqirozga yuz tutdilar. 18-asrda yuz bergan tanazzul davrida, yahudiylar Sabetay Sevi voqeasidan kelib chiqqan zarba bilan „passiv himoya psixoziga“ kirishdilar. Soʻnggi davlatning qulash davrida yahudiylarning madaniy darajasi shu qadar pasayib ketgan ediki, hatto chet tilini oʻrganish biryoqda tursin hatto dindan chiqib ketayotgandek tuyuldi. Ammo Usmonlilarning qaysi davrida boʻlsa boʻlsin, yahudiylar jamoasi usmonlilar tuprogʻida boshqa xristian davlatlardagilarga nisbatan ishonch va tinchlikda yashadilar.


davomi...

Nomzodlar () | Arxiv | Oʻzgartirish
   
   
  Bugungi yaxshi maqola

„The Music of Central Asia“ („Markaziy Osiyo musiqasi“) — Markaziy Osiyo xalqlari musiqasi boʻyicha oʻquv qoʻllanma. Asar 14 mamlakatda yashovchi 27 nafar muallif tomonidan yozilgan. Unga amerikalik musiqashunos va etnograf Theodore Levin, qozogʻistonlik musiqashunos va tarixchi Saida Daukeyeva hamda qirgʻizistonlik antropolog Elmira Kochumkulova muharrirlik qilgan. Asar unda tilga olingan 200 ga yaqin musiqiy asarni va qoʻshimcha materiallarni oʻzida jamlagan www.musicofcentralasia.org sayti bilan hamkorlikda eʼlon qilindi.

Asar Markaziy Osiyo xalqlari musiqasiga bagʻishlangan ilk oʻquv qoʻllanmasidir. Kitobda Markaziy Osiyo davlatlarining, xususan, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning musiqiy merosi, ushbu mamlakatlarda yashovchi xalqlar musiqasida Sovet Ittifoqi davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar, sanʼatkorlar va musiqashunoslar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Kitobdan, shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari cholgʻu asboblari hamda musiqiy atamalari glossariysi, koʻplab surat va xaritalar, hamda mualliflar va muharrirlarning qisqa biografiyalari oʻrin olgan.

Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Delaware universiteti professori Sunmin Yoon kitobni yuqori baholadi: „Bu kitob zamonaviy olimlar — ham markaziy osiyolik, ham xorijlik — yozgan tadqiqotlar bilan boyitilgan. Kitobning oʻziga xos jihatlaridan biri yoritilgan mavzularning ularni ham madaniy, ham musiqiy jihatdan oʻz boshidan kechirgan shaxslar tomonidan yozilganidir.“

davomi...

Nomzodlar () | Arxiv | Oʻzgartirish
   
Yangiliklar

Boshqa yangiliklar


Oʻzgartirish
       
    Bilasizmi ...


    Kelgusi sonni tayyorlash | Arxiv | Oʻzgartirish
       
    Bugun
    7-oktabr


    Kelgusi sonni tayyorlash | Loyiha | Oʻzgartirish

    Vikipediyaning qardosh loyihalari

    Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:

    MediaWiki
    Viki dasturlash
    Meta-viki
    Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi
    Vikigid
    Sayohat haqida maʼlumotlar
    Vikiiqtibos
    Iqtiboslar toʻplami
    Vikikitob
    Bepul kitoblar va qoʻllanmalar
    Vikilugʻat
    Lugʻat va tezaurus
    Vikimaʼlumotlar
    Bepul bilimlar ombori
    Vikimanba
    Ochiq kutubxona
    Vikiombor
    Erkin media fayllar ombori
    Vikiturlar
    Biologik turlar katalogi
    Vikiversitet
    Ochiq oʻqitish asboblari
    Vikiyangiliklar
    Ochiq matnli yangiliklar

    Vikitillar

    This article is issued from Wikipedia. The text is licensed under Creative Commons - Attribution - Sharealike. Additional terms may apply for the media files.